Daryo

“Nepal Oliy sudining sobiq raisi muvaqqat hukumatga boshchilik qilishi mumkin” – OAV

Bundan oldin mamlakat bosh vaziri Sharma Oli hokimiyatni korrupsiya va iqtisodiy muammolarda ayblagan ommaviy namoyishlar boshlanganidan so‘ng iste’foga chiqishga majbur bo‘lgandi.

1 daqiqa o‘qish1 248 ko‘rishlar0 izoh0

Nepalda hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashayotgan Gen-Z harakati vakillari mamlakat muvaqqat hukumati rahbari lavozimiga Oliy sudning sobiq raisi Sushila Karkini tayinlashni taklif qildi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalariga asoslanib xabar bermoqda.

Khabarhub ma’lumotlariga ko‘ra, u bosh vazir lavozimini egallashga rozilik bildirgan, bu esa uni Nepal hukumatini boshqargan birinchi ayolga aylantiradi.

Namoyishchilar Karkini tayinlash masalasini armiya shtabi boshlig‘i Ashok Raj Sigdel bilan muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Bundan oldin mamlakat bosh vaziri Sharma Oli hokimiyatni korrupsiya va iqtisodiy muammolarda ayblagan ommaviy namoyishlar boshlanganidan so‘ng iste’foga chiqishga majbur bo‘lgandi.

Sushila Karki Nepal Oliy sudini boshqargan birinchi ayol va sud tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashchi sifatida tanilgan.

4-sentyabr kuni Nepal hukumati Facebook va Instagram kabi bir qator ijtimoiy tarmoqlarga kirishni chekladi. Bu holat fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lib, ular ommaviy namoyishlar uyushtirdi. Namoyishlar davomida odamlar avtomobillarni yoqib yubordilar, yo‘llarni to‘sib, hatto prezident, bosh vazir hamda boshqa siyosatchilarning qarorgohlariga o‘t qo‘ydi. Mamlakat hukumati 9-sentyabr kuni cheklovlarni bekor qilganiga qaramay, namoyishlar va tartibsizliklar to‘xtamayapti.

Politsiya bilan to‘qnashuvlar natijasida 30 nafar namoyishchi halok bo‘ldi, yuzlab kishi jarohat olgan.

Nepalda siyosiy beqarorlik 2008-yildan buyon, ya’ni monarxiya tugatilganidan beri davom etib kelmoqda. O‘shandan beri mamlakatda 14 ta hukumat almashingan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar