Daryo

“Maktabga direktor qilaman” — ayolga jinsiy aloqa evaziga lavozim taklif qilgan vazirlik xodimi ishdan olindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

1 daqiqa o‘qish2 587 ko‘rishlar0 izoh22

Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimining audiosi tarqaldi. Unda erkak jinsiy aloqa qilish evaziga ayolga menejerlik sertifikatini olish hamda maktab direktorligiga tayinlashda yordam berishini aytgan.

Vazirlik matbuot kotibi Dilfuza Sobirova holat yuzasidan munosabat bildirib, audioxabardagi ovoz rostdan ham vazirlik xodimiga tegishli ekanini tasdiqladi.

“Ushbu vaziyat ishtirokchisi boʻlgan vazirlik xodimi lavozimidan ozod etilgan. Aytish lozimki, vazirlik sohaga doir korrupsion holatlar hamda manfaatlar toʻqnashuviga mutlaqo qarshi. Shuningdek, tizimda mehnat qilayotgan barcha xodimlarning kasbiy odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etishi tarafdori. Shu kabi noqonuniy vaziyatlarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qatʼiy choralar koʻrilishi taʼminlanadi”, deyiladi manbada.

​Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda davlat xizmatchisining videoselektor payti tizzasida oʻtirgan ayolni quchoqlab olgani aks etgan surati tarqalib, muhokamalarga sabab boʻlgandi. Keyin Bandlik vazirligi matbuot kotibi ushbu mansabdor ishdan olinganini bildirgan.

“Xabarlarda tilga olingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Vazirlik oʻz tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilishiga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipiga amal qiladi”, deyilgan rasmiy xabarda.

Odob-axloq qoidalariga zid harakat qilgan mazkur mansabdor Kattaqoʻrgʻon shahri Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgani bildirilgan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar