Daryo

Videoselektor payti ayolni quchoqlab o‘tirgan mansabdor ishdan olindi

Bandlik vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi

1 daqiqa o‘qish41 715 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat xizmatchisining videoselektor payti tizzasida o‘tirgan ayolni quchoqlab olgani aks etgan surati tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri matbuot kotibi ushbu mansabdor ishdan olinganini bildirdi.

Foto: Telegram
“Xabarlarda tilga olingan  xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Vazirlik o‘z tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilishiga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipiga amal qiladi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, odob-axloq qoidalariga zid harakat qilgan mansabdor  Kattaqo‘rg‘on shahri Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

2025-yil aprel oyida Andijon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i D.U. va uning o‘rinbosari S.B. ish joyida psixotrop modda iste’mol qilgani uchun ishdan bo‘shatilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar