Daryo

Kongodagi janozada kamida 60 kishi oʻldirib ketildi

Hujumni ISHIDni qoʻllab-quvvatlovchi qurolli guruh amalga oshirgan. Ular janozadagi odamlarga machete bilan hujum qilgan.

1 daqiqa o‘qish1 040 ko‘rishlar0 izoh0

Kongodagi dafn marosimida 50 dan ortiq odam machete (uzun pichoq) bilan oʻldirib ketildi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 8-sentyabr kuni Shimoliy Kivu provinsiyasining Lyubero shahrida yuz bergan. ISHID terroristik tashkilotini qoʻllab-quvvatlovchi “Ittifoqdosh demokratik kuchlar” isyonchilari hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgan.

“Men taxminiy o‘lganlar sonini 50 nafar deb tasdiqlashim mumkin. Qurbonlar Ntoyo qishlog‘idagi janoza marosimida taxminan soat 21:00 da kutilmaganda hujumga uchragan va ularning aksariyati machete (uzun pichoq)bilan o‘ldirilgan. Qidiruv ishlari davom etmoqda”, dedi mahalliy ma’mur Makaire Sivikunula. 

Lyuberoning harbiy ma’muri polkovnik Alen Kiveva ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar soni 60 ga yaqinlashgan. Hali bedarak yo‘qolganlar borligi sababli bu raqam oshishi mumkin. “Ittifoqdosh demokratik kuchlar” (ADF) Kongoning foydali qazilmalarga boy sharqiy hududlarida yer va resurslar uchun kurashayotgan bir qancha harbiy guruhlar qatoriga kiradi.

Kongo armiyasi va uning ittifoqchisi Uganda so‘nggi haftalarda ADFga qarshi harbiy harakatlarni kuchaytirgan. Avgust oyida ADF oʻzining bir nechta hujumlarida 50 dan ortiq tinch aholini o‘ldirdi, iyul oyida esa cherkovga uyushtirgan hujumda 38 kishi halok bo‘lgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar