Daryo

Liverpuldagi boks bo‘yicha jahon chempionatining 3-kunida qanday natijalar qayd etildi?

Musobaqaning 4-kunida yana 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish1 896 ko‘rishlar0 izoh1

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda. 6-sentabr, shanba kuni O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar bokschisi ringga chiqib, ularning barchasi g‘alaba qozondi.

Kunning ilk bahsida -51 kg vazn toifasida ringga chiqqan Feruza Kazakova panamalik raqibi Juletta Hinestrrosani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. U navbatdagi jangini 9-sentabr kuni o‘tkazadi.

Shuningdek, -70 kg vazn toifasida Shavkatjon Boltayev Shvetsiya vakili Kevin Skott ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Uning navbatdagi jang sanasi — 8-sentabr.

Sitora Turdibekova ham musobaqani ishonchli tarzda boshladi. U Ukraina vakilasi Tatyana Dovhalni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Kunning yakuniga qadar yana ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi ringga chiqdi. +80 kg vazn toifasida Oltinoy Sotimboyeva ukrainalik Mariya Lovchinskani 5:0 hisobida qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. Oltinoy navbatdagi jangini 10-sentabr kuni Hindiston vakilasi Nupurga qarshi o‘tkazadi.

Shuningdek, Olimpiya va jahon chempioni Abdumalik Halokov -60 kg vazn toifasida turkiyalik Mehmethan Chinarga qarshi bahs olib borib, raqibini katta ustunlik bilan 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Abdumalikning navbatdagi jangi 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning 4-kunida yana 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqishi kutilmoqda. 

Juftliklar bilan tanishing:

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Pavan Bartval (Hindiston) 16:00;

-80 kg: Javohir Ummataliyev — Nikodem Kozak (Polsha) 17:45;

-57 kg: Humorabonu Mamajonova — Boyana Goykovich (Chernogoriya) 22:30;

-70 kg: Aziza Zokirova — Regina Lakos (Vengriya) 23:30;

-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev — Jianxao Ju (Xitoy) 01:45;

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi dasturi O‘zbekiston vaqti bilan soat 15:00, kechki dastur esa 22:00 da boshlanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar