Prezident taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Alisher Usmonov 5 yil muddatga Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari — sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.
Bunga qadar u 2022-yil dekabridan buyon Namangan viloyati sudi raisi edi. Undan avval prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Oliy Majlis Senatining 5-sentyabrdagi yalpi majlisida Ikram Muslimov Oliy sud raisi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi. U 2024-yilning sentyabrida 5 yil muddatga Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari — sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylangandi.
Nodira Xakimova Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi. U iyul oyida Prezident administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.








