Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy AQSH yetakchisi Donald Trampning tazyiqi ostida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ehtimoliy uchrashuv uchun Moskvaga borishi mumkin. Bu haqda Bloomberg muxbiri Oliver Kruk xabar berdi.
“Oq uyga muvaffaqiyatsiz tashrifdan so‘ng Zelenskiy taktikasini o‘zgartirdi va endi Tramp “sakra” desa, Zelenskiy “qancha balandlikka?” deb so‘rayapti”, deya ta’kidlagan u.
Donald Tramp hozirda Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy tinchlikka tayyor emasligini aytgan. Biroq u Ukraina inqirozi boshqa mojarolarga qaraganda ancha murakkab ekanligini tan olib, bu masalani oxiriga yetkazishga intilmoqda.
AQSH prezidenti o‘z rejasini oshkor qilgan: u “urushayotgan mamlakatlar rahbarlarini o‘z “rahbarligi” ostida bir xonaga to‘plamoqchi va ularga tinchlik bitimini tuzishdan boshqa tanlov qoldirmoqchi emas”. Shu bilan birga, u yana bir bor o‘z rejalarini shunchaki “odamlarni qutqarish” istagi bilan tushuntirgan va tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga da’vogarlik qilmayotganini aytgan.
Bunda avval orada Rossiya prezidenti ukrainalik hamkasbini Moskvaga taklif qilgandi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi esa bunday taklifni “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb baholagandi.








