Daryo

Oʻzbekistonda uy-joy sotib olishda ham keshbek joriy etilishi mumkin

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning soʻzlariga koʻra, uy-joy QQS bilan sotib olinishi kerak. Hozirda uylarning taxminan 10 foizi qismigina qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan sotib olinadi.

1 daqiqa o‘qish1 379 ko‘rishlar0 izoh2

Oʻzbekistonda uy-joy xarid qilishda keshbek joriy etilishi mumkin. Bu haqda 29-avgust kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan qurilish sohasi vakillari bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotda maʼlum qilindi.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning soʻzlariga koʻra, hozirda uy-joylarning atigi 10 foizi qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan xarid qilinmoqda, qolgan 90 foizi esa soliqsiz sotiladi.

“Jismoniy shaxslar uchun 4−5 foiz (soliq) keshbek joriy qilish haqida fikrlar bor, shunda ular qurilish kompaniyasiga murojaat qilib, bitim summasining 5−6 foiz miqdorida keshbek olish uchun hisobvaraq-faktura talab qilishadi. Balki bu vaziyatni oʻzgartirishga yordam berar?”, degan u.

Shu bilan birga, ochiq muloqot chogʻida berilgan maʼlumotlarga koʻra, qurilish sohasida yashirin iqtisodiyotning hajmi 97 trillion soʻmga baholanmoqda. Yashirilgan soliqlar 1,2 trillion soʻmni, talon-toroj qilingan mablagʻlar esa 203 milliard soʻmni tashkil etgan.

Qurilish ishlari 914 ta obyektda kamaytirib koʻrsatilgan va oʻz muddatida qurilgan 1,5 mingta obyekt hisobga qoʻyilmagan. 6,3 mingta obyektda esa 1 nafardan koʻp boʻlmagan xodimlar mavjud boʻlib, bunda bir kishiga bir necha milliard soʻmlik qurilish ishlari toʻgʻri kelmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar