Daryo

AQSH Falastin yetakchisining BMT assambleyasida ishtirok etishini blokladi

Falastinlik 80 ga yaqin amaldorlarning Qo‘shma Shtatlarga kirish vizalari bekor qilindi

1 daqiqa o‘qish1 190 ko‘rishlar0 izoh2

AQSH Falastin yetakchisi Mahmud Abbos va yana 80 nafar falastinlik rasmiyning vizasini bekor qildi. Bu qaror tufayli Abbos kelasi oy Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT bosh assambleyasi yig‘ilishida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda BBC xabar berdi.

AQSH davlat kotibi Marko Rubio bu chorani Falastin rasmiylarining “tinchlikka putur yetkazayotgani” va “xayoliy Falastin davlatini bir tomonlama tan olishga urinayotgani” bilan izohlagan. Qaror Isroil tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Avvalroq Falastin delegatsiyasiga boshchilik qiluvchi Abbos BMT sessiyasida qatnashishi aytilgandi. Biroq AQSH davlat departamenti Falastin ozodlik tashkiloti va Falastin hukumati a’zolariga viza berish va ilgari berilgan vizalarni bekor qilishga qaror qilgan.

Rubio Falastin vakillari BMT yig‘ilishlarida qatnashishi mumkinligini aytgan bo‘lsa-da, bu qaror BMT shtab-kvartirasi haqidagi bitimga zid keladi. Hujjatga ko‘ra, AQSH xorijiy rasmiylarning BMT majlislarida ishtirokiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

Abbos hukumati bu qarorni xalqaro huquqqa zid, deb baholab, AQSHni qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan. Rubio Falastin rasmiylari terrorizmdan voz kechishi, 7-oktyabrdagi hujumni qoralashi va Isroilga qarshi xalqaro sudlarga murojaat qilishni to‘xtatishi lozimligini ta’kidlamoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar