Daryo

Tramp Mahmud Abbosga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish uchun harakat qilishga va’da berdi

Axios’ga ko‘ra, Mahmud Abbos Tramp bilan adolatli va keng qamrovli tinchlikka erishish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan

1 daqiqa o‘qish11 344 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqotda G‘azo sektoridagi urushni tugatish masalasini ko‘rib chiqishga va’da berdi. Bu haqda Axios portali xabar qilmoqda.

Nashrning taʼkidlashicha, suhbatdan so‘ng Abbos bayonot bergan, unga ko‘ra Falastin rahbari Trampni saylangani bilan tabriklagan, unga davlat rahbari sifatida muvaffaqiyatlar tilagan va “u bilan adolatli va keng qamrovli tinchlikka erishish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqlagan”.

Foto: Reuters

Falastin rahbari o‘z bayonotida “Tramp urushni to‘xtatishga sodiqligini taʼkidlab, mintaqada tinchlikka erishish yo‘lida u hamda boshqa mintaqaviy manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini yana bir bor qayd etdi”, deya ma’lum qildi.

Axios’ga ko‘ra, “bu suhbat juda muhim, chunki Abbos Tramp bilan u prezidentligi davrida Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishga va AQSH elchixonasini u yerga ko‘chirishga qaror qilganidan beri muloqotda bo‘lmagan”.

“Bu qo‘ng‘iroq Falastin rahbariyati va Tramp oradan to‘rt yil o‘tib, muzokaralarni qaytadan boshlashni xohlayotganining belgisidir”, deya taʼkidladi portal.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar