Daryo

“Falastinni tan olish HAMAS uchun mukofot bo‘ladi” — Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp HAMAS tomonidan Isroil fuqarolarini garovda saqlashga chek qo‘yishni va ularni hech qanday shartsiz ozod qilishni talab qildi. Shuningdek, u urushni darhol to‘xtatib, muzokaralarni zudlik bilan boshlashga chaqirdi.

1 daqiqa o‘qish666 ko‘rishlar0 izoh0

Bugun, 23-sentyabr kuni Donald Tramp BMT Bosh assambleyasi sammitida nutq so‘zladi. U G‘azodagi vaziyatga to‘xtalib, Falastin davlatini tan olish HAMAS uchun mukofot bo‘lishini ta’kidladi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS bir necha marta tinchlik borasida bildirilgan takliflarni rad etgan.

“Afsuski, HAMAS tinchlik yo‘lidagi oqilona takliflarni bir necha marta rad qildi. Endi esa BMTning ayrim a’zolari Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olmoqda. Bu urushni rag‘batlantirish sifatida baholanadi. Falastinni tan olish HAMAS katta mukofot bo‘ladi”, — dedi AQSH yetakchisi.

​Tramp jahon hamjamiyatini HAMASga yon berish o‘rniga yagona g‘oya ostida birlashishga chaqirdi.

“Asirlarni ozod qiling. Hech qanday shartlarsiz shunchaki ozod qiling. Biz G‘azodagi urushni to‘xtatishimiz kerak. Zudlik bilan muzokaralar o‘tkazib, tinchlik haqida kelishib olishimiz lozim”, — dedi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.

​BMT Bosh assambleyasi sammiti boshlanishi arafasida Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Avstraliya va Portugaliya kabi bir necha davlatlar Falastinni davlat sifatida tan olishini e’lon qildi. Umuman olganda, BMTga a’zo 193 davlatdan 145 tasi Falastinni tan olgan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar