Daryo

“Manchester Siti” yangi transferni amalga oshirish arafasida turibdi

“Shaharliklar” italiyalik darvozabon bilan deyarli kelishuvga erishgan

1 daqiqa o‘qish5 718 ko‘rishlar0 izoh0

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “PSJ” darvozaboni Janluiji Donnarumma transferi bo‘yicha kelishuvga erishish arafasida turibdi. Football Italia jurnalisti Alfredo Pedulla xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va bitim yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.

Foto: Getty Images

Donnarumma “shaharliklar” bilan bitim bo‘yicha kelishib olgan va faoliyatini Angliya Premyer Ligasi doirasida davom ettirishga rozilik bildirgan. Ammo hozircha klublar bir qarorga kelgani yo‘q. Dastlab, “PSJ” italiyalik darvozabon uchun 45–50 million yevro so‘ragan edi. Biroq klub rahbariyati futbolchi kelasi yozda erkin agent sifatida ketish ehtimolini hisobga olib, narxni 30 million yevroga tushirishga majbur bo‘lgan. “Manchester Siti” esa ushbu summani to‘lashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Avvalroq Donnarumma Turkiyaning “Galatasaroy” klubidan kelgan taklifini rad etgani va Angliya Premyer Ligasi klublaridan biriga o‘tishni ma’qul ko‘rayotgani xabar qilingandi. Italiyalik posbonga uchta ingliz klubi qiziqish bildirgan — “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” va “Chelsi”. Hozirda esa asosiy nomzod sifatida Pep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa ko‘rilmoqda.

  • 26 yoshli Donnarumma 2021-yil yozida “Milan”dan “PSJ”ga erkin agent sifatida o‘tgan.
  • Uning parijliklar bilan shartnomasi 2026-yil yoziga qadar amal qiladi.
  • Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar