Daryo

“PSJ” va Donnarumma o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan

Italiyalik darvozabon faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirmoqchi

1 daqiqa o‘qish6 464 ko‘rishlar0 izoh0

“Pari Sen-Jermen” darvozaboni Janluiji Donnarumma va klub rahbariyati o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qoldi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar berdi.

Foto: Tuttoilcalcio

Shundan so‘ng “PSJ” Donnarummaga o‘rinbosar qidira boshladi. Xabarlarga qaraganda, parijliklar “Lill” klubi darvozaboni Lyuk Shevalye bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi. Uning transfer narxi 40 million yevroga baholanmoqda. Klub darvozabonni 13-avgust kuni Yevropa Superkubogi doirasida bo‘ladigan “Tottenhem”ga qarshi uchrashuv oldida tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Donnarumma esa Turkiyaning “Galatasaroy” klubidan tushgan taklifni rad etgan va Angliya Premyer Ligasiga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda. Hozirda unda 3 ta ingliz klubi qiziqish bildirmoqda — “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” va “Chelsi”. Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, darvozabon APLga ko‘chib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, italiyalik darvozabon 2024/25-yilgi mavsum “PSJ” safida jami 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol o‘tkazib yuborgan. Transfermarkt portali uning qiymatini 40 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar