Daryo

“Manchester Siti” yetakchisiga Yevropaning top klublari xaridor

31 yoshli portugaliyalik yarim himoyachining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.

1 daqiqa o‘qish3 315 ko‘rishlar0 izoh1

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva katta ehtimol bilan klubdagi so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda. 31 yoshli portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga yetadi, biroq tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlagani yo‘q.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, futbolchiga Yevropaning bir qancha top klublari, jumladan “PSJ” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Parijliklar mavsum yakunlangach, hujumkor yarim himoyachini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Turkiyaning “Galatasaroy” va Kataloniyaning “Barselona” klublari ham Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqda. 

Ma’lumot uchun, Silva 2017-yildan buyon “shaharliklar” safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u klub safida barcha musobaqalarda 445 ta uchrashuv o‘tkazib, 75 ta gol urdi va 77 ta golli uzatma amalga oshirdi. Xosep Gvardiola qo‘l ostida futbolchi jami 18 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida Angliya Premyer Ligasining oltita chempionligi hamda UEFA Chempionlar Ligasi kubogi mavjud. Transfermarkt portali hozirda uning qiymatini 27 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar