Daryo

“Real” oxirgi 10 yillikdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

“Qirollik klubi” Ispaniya La Ligasining 2-turida yirik hisobda g‘alaba qozondi

1 daqiqa o‘qish8 553 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi Ispaniya La Ligasi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Ovyedo” ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Xabi Alonso shogirdlari Kilian Mbappening dubli va Vinisius Juniorning bir goli evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Natijada, “qaymoqranglilar” ikki turdan so‘ng 6 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Foto: Getty Images

Opta statistik portali ma’lumotlariga ko‘ra, “Real Madrid” so‘nggi 10 yil ichida ilk bor La Liga startidagi dastlabki ikki o‘yinda ham darvozasi daxlsizligini saqlagan holda g‘alaba qozondi. Oxirgi bor bunday natija 2015/16-yilgi mavsumda kuzatilgan. O‘shanda madridliklar nafaqat dastlabki ikki, balki ketma-ket to‘rt uchrashuvda darvozasidan to‘p olib chiqmagan edi. Ular o‘sha mavsum 5-turga kelib “Atletik Bilbao”ni safarda 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa-da, darvozasidan gol o‘tkazib yuborgandi.

Umuman olganda, “Real” XXI asr davomida to‘rtinchi marta mavsumning dastlabki 2 turida gol o‘tkazib yubormayapti. Klub tashkil qilingandan beri bu holat 7 marta yuz bergan.

Ma’lumot uchun, madridliklar ayni payt “Vilyarreal” va “Barselona” bilan birgalikda La Liga turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ularning barchasining hisobida 6 ochko mavjud.

“Qirollik klubi” chempionat doirasidagi navbatdagi uchrashuvni 31-avgust kuni “Malyorka”ga qarshi o‘tkazadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar