Daryo

“Yo u, yo men”: Kilian Mbappe “Real” rahbariyatiga ultimatum qo‘yishi mumkin

Madridning “Real” klubi kiyim almashtirish xonasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi.

1 daqiqa o‘qish8 582 ko‘rishlar0 izoh4

Madridning “Real” klubi kiyim almashtirish xonasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Sababi Ispaniya matbuoti va ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning ikki asosiy yulduzi — Kilian Mbappe hamda Vinisius Junior o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgani haqidagi xabarlar ko‘paydi.

Taniqli insayder Fransua Gallardo bergan ma’lumotga ko‘ra, fransiyalik forvard ba’zi jamoadoshlari, xususan, Vinisiusni sotqinlikda ayblamoqda. Vaziyat shu darajaga yetganki, Mbappening onasi va agenti Fayza Lamari yozda klub prezidenti Florentino Peresga qat’iy ultimatum qo‘yishga hozirlik ko‘rmoqda.

Gallardoning ta’kidlashicha, Mbappe atrofidagi shaxslar masalani ko‘ndalang qo‘yishi mumkin:

“Yo “Real” Vinisius bilan xayrlashadi, yoki jamoani Mbappening o‘zi tark etadi”.

Bu xabarlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q. Avvalroq, jamoaning ba’zi yetakchi futbolchilari Mbappening “Barselona” bilan muhim o‘yin arafasida Italiyaga qilgan sayohatidan norozi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozircha na klub rahbariyati, na futbolchilarning vakillari ushbu ma’lumotlarga rasmiy munosabat bildirdi. Biroq Ispaniya nashrlari bu xabarni “Madridda kutilayotgan katta portlash” sifatida baholamoqda.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, joriy mavsum “Qirollik klubi” uchun nihoyatda omadsiz kechmoqda. Madridliklar allaqachon Ispaniya kubogi va Chempionlar ligasi bilan xayrlashib ulgurgan bo‘lsa, La Ligadagi chempionlik poygasida ham imkoniyatlar deyarli qo‘ldan chiqqan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar