Daryo

Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

48 jamoa ishtirok etadigan mazkur musobaqaga qur’a tashlash vaqtiga qadar 42 ta ishtirokchi aniqlanadi. Qolgan 6 yo‘llanma esa 2026-yil mart oyida o‘tkaziladigan pley-off bahslari orqali aniqlanadi

1 daqiqa o‘qish21 516 ko‘rishlar0 izoh0

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi sanasi va joyi haqida rasmiy ma’lumot berdi. “FIFA.com” saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, mazkur marosim joriy yilning 5-dekabr kuni AQShning Vashington shahridagi Kennedi markazida bo‘lib o‘tadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Jahon chempionati tarixidagi eng yirik va eng ko‘p kutilgan qur’a marosimini AQSHning madaniy yuragi bo‘lgan Kennedi markazida o‘tkazish biz uchun sharafdir. Bu — turnirga tayyorgarlikdagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, 2026-yilgi eng yirik sport tadbiriga tayyorgarlikning asosiy voqealaridan biri hisoblanadi. Jamoa delegatsiyalari, hamkorlarimiz, OAV vakillari va, eng muhimi, 16 ta mezbon shahar muxlislarini AQSH poytaxtida kutib olishni intiqlik bilan kutyapmiz, dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.
Foto: “FIFA.com”

Bugungi kunga kelib, mezbon mamlakatlardan tashqari yana 10 terma jamoa mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan: O‘zbekiston, Argentina, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Eron, Yaponiya, Iordaniya, Koreya Respublikasi va Yangi Zelandiya.

48 jamoa ishtirok etadigan mazkur musobaqaga qur’a tashlash vaqtiga qadar 42 ta ishtirokchi aniqlanadi. Qolgan 6 yo‘llanma esa 2026-yil mart oyida o‘tkaziladigan pley-off bahslari orqali aniqlanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar