Daryo

FIFA JCH—2026 da sariq kartochkalar bo‘yicha qoidalarni o‘zgartirmoqchi

Ushbu o‘zgarish 28-aprel, seshanba kuni Vankuverda bo‘lib o‘tadigan FIFA kengashining yig‘ilishida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.

1 daqiqa o‘qish3 029 ko‘rishlar0 izoh1

AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida futbolchilarning o‘yinlarni o‘tkazib yuborish ehtimolini kamaytirish maqsadida yangi tartib joriy etilishi kutilmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, to‘plangan sariq kartochkalar nafaqat chorak finaldan keyin, balki guruh bosqichi yakunlangach ham bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Ushbu o‘zgarish 28-aprel, seshanba kuni Vankuverda bo‘lib o‘tadigan FIFA kengashining yig‘ilishida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.

Avvalgi Jahon chempionatlarida sariq kartochkalar faqatgina chorak final bosqichidan so‘ng “kuyib ketar” edi. Bu final o‘yinini asosiy futbolchilar diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yubormasligi uchun qilingan edi.

Biroq 2026-yildan boshlab turnirda ishtirokchilar soni 32 tadan 48 taga ko‘paygani va o‘yinlar soni ortgani sababli, FIFA futbolchilarning ko‘p ogohlantirish olishi natijasida pley-off bahslarini o‘tkazib yuborish xavfini kamaytirishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar mukofot pullarini oshirishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, bir qator milliy federatsiyalar, xususan, Angliya futbol assotsiatsiyasi FIFA’ga murojaat qilib, Shimoliy Amerikadagi turnir ular uchun iqtisodiy zarar keltirishi mumkinligidan xavotir bildirgan

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning hal qiluvchi bahslari 11-iyuldan 19-iyulga qadar o‘tkazilishi belgilangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar