Daryo

O‘zbekistonda dollar kursi 12 400 so‘mdan tushdi

Bu ushbu valyuta rasmiy kursining yil boshidan buyon qayd etilgan eng past qiymati

1 daqiqa o‘qish12 006 ko‘rishlar0 izoh0

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

  • dollar 56,70 so‘mga tushib, 12 357,09 so‘m bo‘ldi;
  • yevro 137,75 so‘mga pastlab, 14 330,52 so‘m bo‘ldi;
  • rubl 1,37 so‘mga tushib, 153,49 so‘mni tashkil etdi.

Bu dollar kursining yil boshidan buyon qayd etilgan eng past qiymatidir. Undan avvalgi eng past qiymat 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgan. 

Dollar kursining pastlashiga turki beruvchi bir qancha omillar mavjud. Ulardan biri — bu eksport tushumlarining, xususan, oltin sotuvining keskin o‘sishi hisoblanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar