Daryo

Ramzan Qodirov Hamzat Chimayevga qimmatbaho mashina sovg‘a qildi (foto)

Chechenistonlik UFC jangchisi o‘rta vazn toifasida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi

1 daqiqa o‘qish17 786 ko‘rishlar0 izoh0

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov UFC’ning o‘rta vazn toifasida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan 31 yoshli Hamzat Chimayevni janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi ustidan qozongan g‘alabasi munosabati bilan Maybach avtomobili bilan mukofotladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

UFC 319 turnirining markaziy jangi 17-avgust kuni, yakshanba tongida AQSHning Chikago shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘rta vazn toifasidagi (-84 kg) chempionlik kamari uchun kechgan jang to‘liq davom etdi va yakunda hakamlar qarori bilan Hamzat Chimayev g‘alaba qozondi. U amaldagi chempion dyu Plessidan kamarni tortib oldi.

Men Hamzat Chimayevning g‘alabasiga yuz foiz ishonchim komil edi. Hatto bunga shubha ham qilmaganman, — dedi Qodirov jurnalistlarga.
Foto: NTV

Shundan keyin sportchi Chechenistonga bordi va aeroportda Qodirov tomonidan berilgan Mercedes-Maybach GLS 600 rusumli avtomobilni qabul qilib oldi.

Shu tariqa, Chimayev UFC tarixida mag‘lubiyatsiz chempionlikni qo‘lga kiritgan 16-jangchiga aylandi. Hamzat professional faoliyatidagi 15-jangida 15-g‘alabasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Dyu Plessi esa hozirgi kunga qadar 26 ta jang o‘tkazib, 23 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar