Daryo

Hamzat Chimayevning YTH sabab vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

UFC o‘rta vazn toifasida amaldagi chempion Hamzat Chimayevning Chechenistonda yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Sportchi hozir Dubayda va uning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilindi.

1 daqiqa o‘qish11 720 ko‘rishlar0 izoh5

UFC o‘rta vazn (84 kg) toifasida amaldagi chempion, 31 yoshli Hamzat Chimayevning Chechenistonda yo‘l-transport hodisasida vafot etgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda “Chechnya Segodnya” axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Avvalroq Chechenistondagi bir nechta manbalar yo‘l-transport hodisasi yuz berganini tasdiqlagan, ayrim xabarlarda esa avtohalokat vaqtida Chimayev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov bilan bir mashinada bo‘lgani aytilgandi. Biroq ushbu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmadi.

“Hamzat Chimayev ishtirokidagi halokatli YTH haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Ammo u hozir Dubayda. Uning ahvoli yaxshi”, deyiladi “Chechnya Segodnya” xabarida.

Hozircha Hamzat Chimayevning vafoti bo‘yicha rasmiy tasdiq mavjud emas. Shuningdek, Adam Qodirovning holati yuzasidan ham aniq ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning kenja farzandi Adam Qodirov Grozniy shahrida avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Ma’lumot uchun, Chimayev 1994-yil 1-may kuni Chechenistonda tug‘ilgan bo‘lib, 2020-yilda UFC’da debyut qilgan va 66 kun ichida 3 ta jangda raqiblarini nokautga uchratib, o‘ziga xos rekord qayd etgan. U hozirga qadar ushbu promoushenda 15 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar