Daryo

Hamzat Chimayev UFC’dagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Unga mamlakat tomonidan bosim bo‘layotgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish8 764 ko‘rishlar0 izoh0

Braziliyalik MMA jangchisi, UFC’ning o‘rta vazn (84 kg) toifasida 6-o‘rinni egallab turgan Kayo Borralyo UFC 319 turnirida oktagonga chiqadigan Hamzat Chimayev faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Foto: Championat

Unga ko‘ra, chechen jangchisi navbatdagi jangdan keyin aralash yakkakurashlardagi faoliyatini yakunlashi mumkin:

Ba’zilar aytishicha, agar u kamarni qo‘lga kiritsa, faoliyatini yakunlaydi. Shunga o‘xshash gaplarni eshitdim. Bu — hozircha faqat mish-mish. Ammo bu ehtimoldan holi emas. Chunki u katta bosim ostida. Salomatligi bilan bog‘liq muammolari bor. Bilishimcha, unga mamlakati tomonidan kuchli bosim bo‘lmoqda. Shuningdek, moddiy tomonlama holati ham yaxshi. Shunday ekan, nega ketmasin? — dedi Borralyo MMA Hoje nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, UFC 319 turniri 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Hamzat Chimayev ushbu turnirda amaldagi chempion, janubiy afrikalik Drikus dyu Plesisga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar