Daryo

O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning 18-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi

1 daqiqa o‘qish28 584 ko‘rishlar0 izoh0

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

  • dollar 34,59 so‘mga tushib, 12 547,38 so‘m bo‘ldi;
  • yevro 32,88 so‘mga pastlab, 14 665,38 so‘m bo‘ldi;
  • rubl 0,73 so‘mga tushib, 157,02 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 581,97 so‘m bo‘lgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgan. 

Dollar kursining pastlashiga turki beruvchi bir qancha omillar mavjud. Ulardan biri — bu eksport tushumlarining, xususan, oltin sotuvining keskin o‘sishi hisoblanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar