Daryo

Abbosbek Fayzullayevning Yevropa Konferensiyalar Ligasidagi debyuti kechikadigan bo‘ldi

Futbolchining ishtirokiga qo‘yilgan cheklov hujjatlarni rasmiylashtirishdagi muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Unga ko‘ra, bu holat Fayzullayevning Rossiya klubidan transfer qilinganidan kelib chiqqan

1 daqiqa o‘qish7 058 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston terma jamoasi va Turkiyaning “Bashakshehir” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev UEFA Konferensiyalar Ligasi saralashi doirasidagi Norvegiyaning “Viking” jamoasiga qarshi bahslarda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda jurnalist Aleksandr Troitskiy xabar berdi.

Foto: Instagram / “Bashakshehir”
Abbosning yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan. U 14-avgustgacha bo‘lgan bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Demak, “Viking”ga qarshi ikki uchrashuvda Fayzullayev ishtirok etmaydi. Umid qilamizki, “Bashakshehir” keyingi bosqichga yo‘l oladi va Abbos bu mavsum Yevrokuboklardagi debyutini o‘tkazadi, deydi jurnalist.

Aleksandr Troitskiyning qo‘shimcha qilishicha, Fayzullayevning ishtirokiga qo‘yilgan cheklov hujjatlarni rasmiylashtirishdagi muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Unga ko‘ra, bu holat futbolchining Rossiya klubidan transfer qilinganidan kelib chiqqan.  

Eslatib o‘tamiz, “Bashakshehir” va “Viking” o‘rtasidagi uchrashuvlar 7 va 13-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, iyul oyining oxirida “Bashakshehir” Abbosbek Fayzullayev bilan besh yillik shartnoma imzolaganini rasman e’lon qilgan edi. Istanbul klubi futbolchi uchun “SSKA”ga 7,5 million yevro to‘ladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar