Daryo

“Bashakshehir” Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmayapti

Klub matbuot kotibi Goxan Yilmaz ushbu vaziyatga munosabat bildirdi

1 daqiqa o‘qish8 386 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi matbuot kotibi Goxan Yilmaz Rossiyaning Sport-Ekspress nashriga bergan izohida jamoa  “SSKA” futbolchisi Abbosbek Fayzullayev qiziqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: Championat

Manbaga ko‘ra, istanbulliklar hozircha Fayzullayevni sotib olish haqida o‘ylagani yo‘q:

“Men jamoamiz skautlari bilan bog‘landim. Ular hozircha bu borada hech qanday ma’lumot yo‘q ekanligini bildirishdi,” — dedi Yilmaz Sport-Ekspress nashriga.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Abbosbek Fayzullayev esa “SSKA” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 8 ta assist yozdirib qo‘ygan. Uning moskvaliklar bilan shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portli futbolchining qiymatini 8 million yevroga baholagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda o‘zbekistonlik futbolchiga “Bashakshehir” qiziqish bildirgani borasida xabarlar tarqalgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar