Daryo

“SSKA” Fayzullayevni tarkibda saqlab qolmoqchi

Turk klubi yaqin kunlarda o‘zbekistonlik futbolchi uchun taklif jo‘natishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish6 789 ko‘rishlar0 izoh0

Moskvaning “SSKA” klubi rahbariyati o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayevni tarkibda saqlab qolish uchun faol harakat qilmoqda. Bu haqda jurnalist Ivan Karpov xabar berdi.

Foto: Ivan Karpov

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi “SSKA”ning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lib, yangi bosh murabbiy Fabio Chelestining unga katta umid bog‘langan. Shu sababli klub rahbariyati hozircha futbolchini sotishga tayyor emas.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi Fayzullayevga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozirgacha “SSKA” turk klubi tomonidan rasmiy taklif olmagan. Ammo yaqin kunlarda bunday taklif kelishi ehtimoli yuqori.

Bunday holatga tayyorlanayotgan Moskva jamoasi futbolchining o‘rnini to‘ldirish uchun bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Agar Fayzullayev moskvaliklar safini tark etadigan bo‘lsa, klub “Rostov” futbolchisi Ivan Komarovni sotib olish bo‘yicha muzokara boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Abbos Fayzullayev 2024/25-yilgi mavsum Rossiya Premyer Ligasi doirasida 27 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar