Daryo

Abbosbek Fayzullayevning “Bashakshehir”dagi debyuti nega kechikayotgani ma’lum bo‘ldi

Istanbul klubi o‘zbekistonlik yarim himoyachi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan, biroq futbolchi hamon klubning rasmiy o‘yinida maydonga tushmadi

1 daqiqa o‘qish9 136 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi matbuot xizmati o‘zbekistonlik yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayevning transferi uchun to‘lovni amalga oshirish jarayonida texnik muammolar yuzaga kelganini ma’lum qildi. Bu haqda Championat nashri xabar berdi.

Foto: Instagram

Fayzullayev hali ham “Bashakshehir” safida rasmiy debyutini o‘tkaza olmagani bo‘yicha: “Buning asosiy sababi nima?” — degan savolga klub matbuot xizmati quyidagicha javob bergan:

Pul bilan bog‘liq muammo yo‘q, biroq mablag‘ni o‘tkazish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Bashakshehir” 2025-yil iyul oyining oxirida Abbosbek Fayzullayev bilan besh yillik shartnoma imzolagan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, transfer qiymati 7,5 million yevroga baholangan.

Ma’lumot o‘rnida, Fayzullayev 2023-yil avgust oyida Toshkentning “Paxtakor” klubidan “SSKA”ga 500 ming yevro evaziga o‘tgan edi. U Moskva klubi safida jami 72 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 22 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar