Daryo

Isroilning G‘azodagi urushi oqibatida BMTning 300 dan ortiq xodimi halok bo‘ldi

BMT Oliy komissari so‘zlariga ko‘ra, may oyidan beri oziq-ovqat izlayotgan mingdan ortiq kishi o‘ldirilgan, taqsimlash markazlari esa insonparvarlik yordamini zarur hajmda yetkazib berishga mutlaqo qodir emas

1 daqiqa o‘qish2 286 ko‘rishlar0 izoh0

2023-yil 7-oktyabrdan buyon Isroilning G‘azodagi urushi oqibatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 300 nafardan ortiq xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk o‘z bayonotida ma’lum qildi.

Foto: AP
“G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 7-oktyabrdan beri 200 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan yoki yaralangan, bu mamlakat umumiy aholisining taxminan 10 foizini tashkil etadi. Shuningdek, Isroilning harbiy harakatlari natijasida 300 dan ortiq hamkasbimiz halok bo‘ldi”,  deb ta’kidladi u.

Oliy komissar so‘zlariga ko‘ra, may oyidan beri oziq-ovqat izlayotgan mingdan ortiq kishi o‘ldirilgan, taqsimlash markazlari esa insonparvarlik yordamini zarur hajmda yetkazib berishga mutlaqo qodir emas.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus G‘azo sektorida to‘yib ovqatlanmaslik bilan bog‘liq o‘limlar soni keskin oshganini kuzatayotganini ma’lum qildi. Uning bildirishicha, 2025-yilda tashkilot G‘azoda besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘yib ovqatlanmaslik sababidan 21 ta o‘lim holatini qayd etgan.

JSST rahbarining qo‘shimcha qilishicha, G‘azo sektoridagi o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslik aholining 10 foizdan ortig‘iga ta’sir qilmoqda, tekshiruvdan o‘tgan homilador va emizikli ayollarning 20 foizdan ortig‘i to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, ko‘pincha og‘ir shaklda.

G‘azo sektorida BMTning Falastin qochqinlariga yordam ko‘rsatish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (BAPOR) xodimlari faoliyat yuritmoqda. Yanvar oyida bir qator G‘arb davlatlari BAPOR’ga moliyaviy yordamni to‘xtatdi. Bu holat agentlik xodimlarining Falastinning “HAMAS” radikal guruhining Isroilga qilgan hujumiga aloqadorligi haqidagi ma’lumotlar tarqalganidan so‘ng yuz bergandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar