Daryo

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha MDH davlatlari orasida uchinchi o‘rinni egalladi

Dunyo bo‘yicha esa Iroq, Misr, Gvatemaladan keyingi pog‘onadan joy oldi

1 daqiqa o‘qish9 189 ko‘rishlar0 izoh1

Speedtest Global Index’ning 2025-yil iyun oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida 103 davlat ichida 71-o‘rinni egalladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mamlakatda mobil internet o‘rtacha tezligi 55,78 Mbit/sekundni tashkil etgan. May oyi bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich o‘zgarmagan.

Ushbu reyting bo‘yicha MDH davlatlaridagi mobil internet o‘rtacha tezligi taqqoslanganda Qozog‘iston birinchi o‘rinda bo‘ldi.

Quyida davlatlar ketma-ketligi va mobil internet o‘rtacha tezligi (Mbit/s) keltirildi.

Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

Reytingda dastlabki uch pog‘onani BAA (546,14 Mbit/s), Qatar (517,44 Mbit/s), Kuvayt (378,45 Mbit/s) egalladi. Eng quyi pog‘onalardan esa Esvatini (18,36 Mbit/s), Belarus (17,97 Mbit/s), Boliviya (13,192 Mbit/s) davlatlari joy oldi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar