Daryo

Instagram: Turmushga chiqayotgan Ruxshona, qoidabuzar Shahlo Zoirova, “Qalpoq”chilar Jo‘rabek Norqulovni xotirladi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli foto va videolar

2 daqiqa o‘qish24 793 ko‘rishlar0 izoh0

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Turk aktrisasi Tuba Buyukustun yangi serialda suratga tushmoqda. U kunlik Stories’larida kadrorti jarayonlaridan parchalar ulashyapti.

Foto: Instagram

Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova turmush o‘rtog‘i bilan dam olish kunini maroqli o‘tkazgani haqida post joyladi. Sportchi yaqin kunlarda ilk bor onalik baxtiga erishadi.

Foto: Instagram

Yusufxon Nurmatov otasi marhum xonanda Musaxon Nurmatovni xotirladi. U hayot bo‘lganda, bu yil 57 yoshni qarshilardi. Yusufxon otasi uning eng yaqin do‘sti bo‘lganini ham yozmoqda.

Foto: Instagram

Hitmeyker Hamdam Sobirov jajji muxlislari bilan uchrashib qoldi va “Nazira” qo‘shig‘ini birgalikda kuyladi.

Aktrisa, model Kristina Rustamova “Sevgi sharbati” nomli yangi filmda suratga tushayotganini ma’lum qildi. Film kuz oylarida efirga uzatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda Kristina noodatiy obrazda gavdalanadi.

Foto: Instagram

“Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi aktyori Jo‘rabek Norqulovni jamoadoshlari va hamkasblari xotirlamoqda. 

“Kasalim oddiy, shunchaki shamollaganman, degandi. Ikkita non, bir kilo olma olib bir martagina ham ko‘rgani bormabmiz. Mana shu yuragimda armon bo‘lib qoldi”.

“U kasal bo‘lmas edi, bunga o‘rganmaganmiz. Oddiy kasal, o‘tib ketadi, deb o‘yladik. Hamma g‘aflatda qoldi”.

Aktyor shu yilning 13-iyul kuni vafot etgan. Uning o‘limiga uzoq davom etgan kasallik sabab bo‘lgan.

Komik aktrisa Shahlo Zoirova “radar”ga kam tushsa-da, aniq tushishini aytib, barchaga jarimalarsiz kun tilamoqda.

Foto: Instagram

Komik aktyor Asqar Hikmatov Fransiyaning Parij shahri bo‘ylab sayohatda. U Eyfel minorasi oldida ko‘ngildagidek suratga olib qo‘yolmagani uchun mobilografini haydab yuborgani haqida hazilomuz Stories joyladi.

Foto: Instagram

Xonanda Ruxshona  2024-yilning 28-oktyabrida ikkinchi bor turmushga chiqqandi. Xonanda Instagram’da obunachilarini hayratga soldi — u uchinchi turmush o‘rtog‘i deb taxmin qilinayotgan inson bilan surat joylab, “Barchangiz shokdasiz, bilaman. Tez fursatda hammasini aytamiz, hozir esa shunchaki baxt tilang” deb yozmoqda.

Foto: Instagram

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar