Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarning Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Aktrisa Vazira Yunusova marhum turmush o‘rtog‘ini xotirlab, u bilan o‘tgan turmushidan rozi ekanligini yozmoqda.

Xonanda Shirin Zoitova oilasi davrasida tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Aktrisa Zarina Nizomiddinova bahorga monand yangi suratlarini stories’ga joyladi.

Xorazmlik xonanda Shahlo Salayeva turkiyalik qo‘shiqchi Veysel Dulgur bilan “ZAGS”ga ariza berdi. Avvalroq Veysel Shahloning konsert dasturida sevgilisining qo‘lini so‘ragan edi.

Alisher Fayz volidasini tavallud ayyomi bilan tabriklab, o‘zining har bir yutug‘i ortida onasining mehnati katta ekanini ta’kidladi.

Instabloger Maryam Tillayeva o‘z qo‘llari bilan osh tayyorlab, Moskvada ishlab yurgan kuryerlarga iftorlik uchun taom tarqatdi. U obunachilarini ham ramazon oyida savobli amallar qilishga chaqirdi.

Turk yulduzi Burak O‘zchivit Moskvadagi Qizil maydonda ko‘rinish berdi.

O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova kutilgan narsalar kutilmagan insonlar bilan kelishi haqida yozmoqda.

“Setora” guruhi a’zosi Kamilla Xo‘jayeva o‘zi uchun yangi mashina sotib oldi.









