Daryo

Instagram: Samarqandda o‘tgan dabdabali kelinsalom, quvonchli kunini Balida nishonlagan “Ummon”chi Shohrux, otasini xotirlagan Rayhon Ulasenova

Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli foto va videolar.

1 daqiqa o‘qish173 162 ko‘rishlar0 izoh0

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Munisa Rizayeva muxlislaridan sahnadagi yulduz yoki jaydari Munisadan qay biri ko‘proq yoqishini so‘ramoqda.

Foto: Instagram

Shirin va Nodir Zoitovlar xonadonida quvonchli kun — qizaloq Aylin 2 oylik bo‘ldi. Opasi Yasmin ham singlisini tabrikladi.

Foto: Instagram

Shuningdek, xonanda Dilnozning qizi Amani ham roppa-rosa 2 oylik bo‘ldi. Ikki dugona farzandini bir kunda dunyoga keltirgan edi.

Foto: Instagram

Instabloger Azoda Istanbulga qayta-qayta kelishining sababi tarixiy maskanlar, dengiz manzarasi, haqiqiy turk choyi ekanini yozmoqda.

Foto: Instagram

“Ummon” guruhi a’zosi Shohrux rafiqasi Aziza bilan turmush qurganiga 10 yil to‘lganini Bali orollarida nishonladi.

Nilufar Usmonova va do‘sti Jamshid Bobojonov kechki ovqat ustida diydorlashdi.

Foto: Instagram

Aktrisa, boshlovchi Rayhon Ulasenova otasi tug‘ilgan sana munosabati bilan uni xotirlamoqda.

Foto: Instagram

Shahzoda Muhammedova dizaynerlik, boshlovchilik, to‘y xizmatlari va onalik vazifalariga ulgurishi sirini aytdi — aktrisa yumushlarini 3 oy oldindan rejalashtiradi.

Foto: Instagram

Aktyor, boshlovchi Rixsitilla Abdullayev ta’tilning unutilmas lahzalari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Instabloger Husnora Shodiyevaga Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi o‘yinchilari imzosi tushirilgan futbolka sovg‘a qilindi.

Foto: Instagram

Samarqand shahrida ertaknamo kelinsalom marosimi bo‘lib o‘tdi. Dabdabali kechada O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, kelinsalomchi Shahlo Zoirova hamda boshqa shou-biznes vakillari ishtirok etdi.

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar