Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarning Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Teatr va kino aktrisasi Nigina Jabborova yangi suratini joylab, obunachilariga hayot juda qisqaligini yana bir bor eslatmoqda.

“Amani ismi arabcha bo‘lib, orzu-umid, intilish degan ma’noni anglatadi”. Yaqin kunlarda onalik baxtiga erishgan Dilnoz Hakimova qizalog‘iga qo‘ygan ismining ma’nosini ta’riflab berdi.


“Telba” filmidagi roli orqali tanilgan aktrisa, xonanda Indi bir necha yillar avval italyan yigitga turmushga chiqib, Yevropaga ko‘chib ketgan edi. Xonanda uzoq yillardan so‘ng O‘zbekistonga qaytib, o‘g‘li Mateoning tug‘ilgan kunini nishonladi.

Aktrisa Muqaddas Xoliqovaning qizi, aktrisa Zebiniso Xoliqovaning xonadonida judolik — uning 34 yoshli qaynisinglisining vafot etdi.

Aktrisa Rayhon Ulasenova kichik qizi Maryamni bortkuzatuvchi sifatida tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi — samolyotda uchib ketayotgan yo‘lovchilar ham qizaloqning quvonchiga sherik bo‘ldi.

Instabloger, xonanda Mohlaroyimning tug‘ilgan kuni munosabati bilan turmush o‘rtog‘i romantik kechki ovqat tashkillashtirdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov nabirasi, o‘g‘li Sanjarning farzandi Xalidning bir yoshga to‘lgani bilan tabriklamoqda.

Aktrisa Parizod Bo‘rixo‘jayeva Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashda davom etyapti.

Xonanda Hamdam Sobirov yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

“Eng muhimi sog‘-salomat va baxtli bo‘lishingiz”. Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘i Arseniy Morozni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.








