Daryo

Instagram: Poyezdda konsert bergan Munisa Rizayeva, to‘yga chiqayotgan Maryam Tillayeva, Shahlo Salayevaning turmush o‘rtog‘iga syurprizi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli foto va videolar.

1 daqiqa o‘qish91 370 ko‘rishlar0 izoh0

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Kino va teatr aktyori Muhammadiso Abdulhairov 16-avgust kuni 56 yoshni qarshiladi.

Foto: Instagram

Dizyaner, bir nechta bizneslar egasi Diyora Usmonova “Saadi” nomli yangi parfyumini namoyish qildi.

Foto: Instagram

Aktrisa Feruza Yusupova va turmush o‘rtog‘i instabloger Abduvali Sahiyev qizi bilan oilaviy vaqt o‘tkazmoqda.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva poyezddagi yo‘lovchilar uchun jonli konsert qo‘yib berdi.

Qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi Madinaning oilasida xursandchilik — uning o‘g‘li Miran 1 oylik bo‘ldi.

Foto: Instagram

Instabloger Bobur Mansurovning rafiqasi Fariza oilaviy suratini obunachilari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Raqqosa Parizoda qizlari E’zoza va Sa’diyaning xursandchiligi u uchun barcha narsadan ustunligi haqida yozmoqda.

Foto: Instagram

Xonanda Shahlo Salayeva turmush o‘rtog‘i Veysel Dulgerga noodatiy sovg‘a hozirladi — u sun’iy intellekt orqali o‘zlarining sevgi tarixi aks etgan video tayyorladi.

Aktrisa Nigina Jabborova yangi fotosessiya uyushtirdi hamda obunachilaridan ayollarning go‘zallik siri haqida fikrlarini so‘ramoqda.

Foto: Instagram

Aktrisa Shahlo Zoriova sun’iy intellekt orqali o‘zini o‘tgan asrda Rim ko‘chalarida tasvirladi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston birinchi prezidentining nabirasi, instabloger Maryam Tillayeva to‘yda qo‘shiq kuylayotgani aks etgan videoni ulashdi.

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar