Daryo

Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining eng tezkor futbolchilaridan biriga aylandi

Himoyachi chempionat doirasidagi “Nottingem Forest”ga qarshi bahsda 36,27 km/soat tezlikda harakatlangan

1 daqiqa o‘qish20 794 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premer Ligasining eng tezkor futbolchilaridan biriga aylandi. Give Me Sport nashri e’lon qilgan reytingga ko‘ra, Husanov 36,27 km/soat tezlik bilan 2024/25-yilgi mavsumda eng yuqori tezlik ko‘rsatgan futbolchilar ro‘yxatida 8-o‘rinni egalladi. Himoyachi chempionatning 28-turi doirasidagi “Nottingem Forest”ga qarshi bahsda ushbu natijani qayd etgan.

Foto: Getty Images

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan mavsumda Premer Liganing eng tezkor futbolchisi — “Tottenhem” himoyachisi Mikki van de Ven bo‘lgan. Niderlandiyalik futbolchi 37,38 km/soat tezlik bilan reytingda birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi pog‘onani “Nyukasl”ning yangi a’zosi, shvetsiyalik Entoni Elanga band etdi — u 36,65 km/soat tezlikda harakatlangan. Aynan shu natijani qayd etgan Brayan Mbeumo (“Brentford”) kuchli uchlikni yakunladi.

Premer Liganing eng tezkor futbolchilari (2024/25)

  1. Mikki van de Ven — “Tottenhem”: 37,38 km/soat
  2. Entoni Elanga — “Nyukasl” / “Nottingem Forest”: 36,65 km/soat
  3. Bryan Mbeumo — “Brentford”: 36, 65 km/soat
  4. Karlos Borjes — “Vulverhempton” / “Ayaks”: 36,58 km/soat
  5. Yankuba Minte — “Brayton”: 36,40 km/soat
  6. Uilson Odober — “Tottenhem”: 36,36 km/soat
  7. Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”: 36,27 km/soat
  8. Emmanuel Agbadu — “Vulverxempton”: 36,15 km/soat
  9. Erling Holand — “Manchester Siti”: 36,01 km/soat
  10. Markus Reshford — “Manchester Yunayted”: 35,35 km/soat

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov 2025-yilning qishki transferlar oynasi vaqtida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga o‘tgan edi. U “shaharliklar” safida Angliya Premyer Ligasi doirasidagi 6 bahsda maydonga tushgan. Shuningdek, Angliya Kubogida 2 ta, Chempionlar Ligasi hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida bittadan uchrashuvda ishtirok etgan. Himoyachining “Siti” bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Husanovning qiymatini 35 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar