Daryo

Foto: Namangan dalalarida paxta ochildi

Mutaxassislar bu yil paxta odatdagidan ertaroq yetilganini aytmoqda

1 daqiqa o‘qish4 910 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan viloyatining Mingbuloq tumani dalalarida paxta ochildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Shoxruh Kenjayev

Paxta ochilgan dalalar tumandagi “Oybek Diyor Tursunboyevichlar” fermer xo‘jaligiga qarashli bo‘lib, bu yerda g‘o‘zaning Xitoy-52 navi ekilgan. Paxta uchun ajratilgan 37 gektar maydondan 50 sentnerdan ortiq hosil yig‘ishtirib olish ko‘zda tutilgan.

Foto: “Daryo” / Shoxruh Kenjayev

Mutaxassislar bu yil paxta odatdagidan ertaroq yetilganini aytmoqda. Bunga havo harorati meʼyordagidan issiq bo‘layotgani sabab sifatida keltirilmoqda.

Foto: “Daryo” / Shoxruh Kenjayev

Maʼlumot uchun, Namangan viloyatida yetishtiriladigan jami paxta hosilining salmoqli ulushi — 47 ming tonnasi aynan Mingbuloq tumani hissasiga to‘g‘ri keladi.

Foto: “Daryo” / Shoxruh Kenjayev

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar