Daryo

Namanganda traktor tirkamasi ag‘darilishi oqibatida 15 yoshli bola halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

1 daqiqa o‘qish8 679 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Pop tumanida 9-sinf o‘quvchisi paxta yuklangan “pritsep”dan yiqilishi oqibatida halok bo‘lgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani matbuot xizmati “Daryo”ga maʼlumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, Bolalar ombudsmani ushbu holatni o‘rganmoqda.

Aniqlanishicha, 3-noyabr kuni 2003-yilda tug‘ilgan A.A. (erkak) traktor va unga ulangan tirkamani zovur bo‘yidan o‘tuvchi ichki yo‘lda boshqarib ketayotganda, traktorga ulangan bog‘lovchi tortqich uzilib ketishi oqibatida tirkama zovurga yiqilgan.

Natijada 2009-yilda tug‘ilgan T.P. (o‘g‘il bola) jarohat olish natijasida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB TB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar