Daryo

IBF reytingi yangilandi.  Bahodir Jalolov nechanchi o‘rinda?

Xalqaro boks federatsiyasi professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi

1 daqiqa o‘qish11 808 ko‘rishlar0 izoh1

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan superog‘ir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolov ro‘yxatdan joy oldi.

Foto: Vesti.kz

Unga ko‘ra, Bahodir Jalolov superog‘ir vazn toifasida jang qiladigan bokschilar orasida 12-o‘rinni egallagan. Qolgan vazn toifalarida ishtirok etayotgan boshqa o‘zbekistonlik professional bokschilar esa IBF reytingida qayd etilmagan.

Foto: IBF

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 26-iyul kuni AQSHning mashhur Madison Square Garden arenasida o‘tkazadi. Unga raqib sifatida italiyalik 36 yoshli bokschi Janmarko Kardilo qarshi tushadi.

Ma’lumot o‘rnida, Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazgan. Shulardan 14 tasida raqiblarini nokaut bilan mag‘lub etgan, 1 bahsda esa ochkolar hisobiga g‘alaba qozongan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar