Daryo

Bahodir Jalolov, Shahram G‘iyosov va Lazizbek Mullajonovdan g‘alaba — Toshkentdagi boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Toshkentdagi Humo Arena’da Lift Promotions va Matchroom Boxing hamkorligida o‘tkazilgan professional boks oqshomi yakunlandi. Kunning barcha asosiy janglarida o‘zbekistonlik bokschilar ishtirok etib, navbatdagi g‘alabalarini qo‘lga kiritishdi.

1 daqiqa o‘qish3 644 ko‘rishlar0 izoh3

Toshkentdagi Humo Arena’da Lift Promotions va Matchroom Boxing hamkorligida o‘tkazilgan professional boks oqshomi yakunlandi. Kunning barcha asosiy janglarida o‘zbekistonlik bokschilar ishtirok etib, navbatdagi g‘alabalarini qo‘lga kiritishdi.

Jumladan, o‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustasi Nurislom Ismoilov tanzaniyalik Jozef Maigvisyaga qarshi ringga ko‘tarilib, to‘rtinchi raundda nokauntga uchratdi. Ushbu g‘alaba orqali Ismoilov WBC CISBB kamariga ega chiqdi. Bu uning professional faoliyatidagi sakkizinchi jang va sakkizinchi g‘alabaga aylandi.

Super og‘ir vazn toifasidagi jangda Bahodir Jalolov nigeriyalik Solomon Adebayoga qarshi bahs olib bordi. 8 raunddan iborat jang 4-raundda Jalolovning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahodir professional ringdagi 17-jangini ham g‘alaba bilan yakunladi. Adebayo esa birinchi bor mag‘lub bo‘ldi.

Oqshom davomida super og‘ir vaznda yana bir jang bo‘lib o‘tdi. Lazizbek Mullajonov nigeriyalik Monyasahu Muritadorga qarshi WBC CISBB kamari uchun ringga chiqdi. Uchinchi raundda Muritador jangni davom ettirmaslikka qaror qildi va Mullajonov kamarni qo‘lga kiritdi. Bu Lazizbekning yettinchi professional jangi va yettinchi g‘alabasiga aylandi.

Kechaning asosiy bahsida yarim o‘rta vazn vakili Shahram G‘iyosov rossiyalik Mark Urvanov bilan to‘qnashdi. 8 raundga mo‘ljallangan jang to‘rtinchi raundda hakam tomonidan to‘xtatildi. G‘iyosov texnik nokaunt orqali g‘alaba qozondi. Shahram professional faoliyatidagi 18-jangini ham g‘alaba bilan yakunladi. Urvanov faoliyatidagi beshinchi mag‘lubiyatni qayd etdi.

Shuningdek, kechada boshqa bir qator o‘zbekistonlik professional bokschilar ham ringga chiqdi. Jumladan, A’loxon Abdullayev hamda Suhrob Qayumov o‘rtasidagi bellashuvda durang qayd etildi. Baxtiyor Ilyosov esa turkmanistonlik Xursand Imonqulovga imkoniyatni boy berdi. Asadbek Bekmirzayev esa boshqa bir o‘zbekistonlik Sherzod Habibovni mag‘lub etdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar