Daryo

Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi 

Ularning bir qismi suv tarqatish punktida bo‘lgan, yana ba’zilarining esa chodiri nishonga olingan

1 daqiqa o‘qish3 270 ko‘rishlar0 izoh0

G‘azo hududida faoliyat yuritayotgan fuqarolik mudofaa xizmatining maʼlum qilishicha, Isroil havo hujumlari natijasida kamida 29 nafar falastinlik halok bo‘lgan, ularning 6 nafari esa bolalardir. Qurbonlarning baʼzilari suv tarqatish punktida o‘ldirilgan.

Falastinliklar Nuseyrat lageriga berilgan zarba natijasida yo‘q qilingan bino vayronalarini kuzatmoqda
Foto: AFP

Mazkur hujumlar bir haftadan beri Qatarda davom etayotgan Isroil va HAMAS muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirgan bir paytda yuz berdi.

G‘azo fuqarolik mudofaasi vakili Mahmud Bassolning AFP axborot agentligiga ma’lum qilishicha, anklav 12—13-iyul kunlari bir necha marotaba havo hujumiga uchradi. Natijada sakkiz kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘lgan. Shuningdek, u Nuseyrat qochqinlar lageri yaqiniga berilgan zarbada bir oiladan 10 kishi o‘ldirilganini ma’lum qildi. 

Bassolning aytishicha, Isroil havo kuchlari Al-Mavasi hududida ko‘chirilgan aholi uchun tikilgan chodirga zarba berib, yana 3 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Ayni paytda Isroil armiyasi G‘azo bo‘ylab bosqin harakatlarini yana intensivlashtirgan. Qatarda davom etayotgan sulh muzokaralari esa boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar