Daryo

“Real” Klublar o‘rtasidagi JCHda qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi

Madridliklar yarim finalda “PSJ”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi

1 daqiqa o‘qish8 950 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ishtirokini yirik moliyaviy foyda bilan yakunladi. Xabi Alonsoning shogirdlari musobaqaning yarim final bosqichigacha yetib bordi, biroq bu pallada “Pari Sen-Jermen”ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Foto: Getty Images

Garchi “qirollik klubi”ning asosiy maqsadi — chempionlikni qo‘lga kiritish bo‘lgan bo‘lsa-da, moliyaviy nuqtayi nazardan bu ishtirok klub uchun katta foyda keltirdi. Madrid Zone nashrining xabariga ko‘ra, “Real” Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ishtiroki evaziga umumiy hisobda 93 million dollar (taxminan 80 million yevro) miqdorida mukofot puli ishlab topgan.

Manbada qayd etilishicha, “Real” g‘oliblikni qo‘lga kirita olmagan bo‘lsa-da, bu daromad klubning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati final bahsida Parijning “PSJ” jamoasi Londonning “Chelsi” klubiga qarshi maydonga tushadi. Hal qiluvchi o‘yin 13-iyuldan 14-iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar