Daryo

UEFA “Real”ning 3 nafar  futbolchisini jazoladi

Futbolchilar raqib jamoa muxlislarini provokatsiya qilishda ayblanmoqda

1 daqiqa o‘qish7 327 ko‘rishlar0 izoh0

UEFA Madridning “Real” klubi uch nafar futbolchisini 2025-yil 13-mart kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi javob o‘yinida yuzaga kelgan voqea sababli jazoladi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Xabarga ko‘ra, mazkur holat UEFA tomonidan qayta ko‘rib chiqilib, hujumchi Kilian Mbappe 30 ming yevro, himoyachi Antonio Ryudiger 40 ming yevro, yarim himoyachi Dani Sebalyos esa 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan. Ushbu futbolchilar raqib jamoa muxlislarini provokatsiya qilishda ayblanmoqda.

Shuningdek, UEFA ularni bir o‘yinlik shartli diskvalifikatsiya bilan jazolagan. Agar bu kabi holat yana takrorlansa, futbolchilar avtomatik tarzda bir o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

“Real Madrid” klubi rahbariyatining ta’kidlashicha, futbolchilarning harakati muxlislar tomonidan stadionga turli buyumlar uloqtirilganiga javoban sodir bo‘lgan. Biroq UEFA bu boradagi apellyatsiyani rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining ikki uchrashuvi natijalariga ko‘ra umumiy 1:1 hisobi qayd etilgan. Yakunda o‘tkazilgan penaltilar seriyasida “Real Madrid” g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l olgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar