UEFA Chempionlar Ligasining yarim final bosqichi doirasidagi ilk javob uchrashuvi yakunlandi. London shahridagi “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda “Arsenal” va “Atletiko Madrid” o‘rtasidagi jangovar o‘yinda 1:0 hisobi qayd etildi. Unda “Arsenal” g‘alaba qozonib, YCHLning dastlabki finalchisiga aylandi.
O‘yin ikki jamoaning taktik kurash va tartibli o‘yini ostida o‘tdi. Hisob 44-daqiqada London klubi qanot hujumchisi Bukayo Saka tomonidan ochildi. Angliyalik futbolchi Leandro Trossardning zarbasidan so‘ng darvozabon qaytargan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim, madridliklarning faol hujumlari bilan boshlandi. Ikki klub futbolchilari bir qancha xavfli vaziyatlar yaratdi, biroq mazkur natija o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi. Jamoalar o‘rtasidagi ilk to‘qnashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan va har ikki gol penaltidan kiritilgan edi.
Shu tariqa “Arsenal” 20 yildan so‘ng ilk bor Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi. 2006-yil Parijdagi “Stad de Frans” stadionida o‘tgan YCHL finalida London jamoasi “Barselona”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
UEFA Chempionlar Ligasi
1/2 final, javob uchrashuvi
“Arsenal” — “Atletiko” 1:0
Gol: 0:1 — Saka (44)








