Daryo

YCHL. “Atletiko” safarda “Barselona”ni mag‘lub etdi, “PSJ” o‘z maydonida “Liverpul”dan ustun keldi

UEFA Chempionlar Ligasida 1/4 final bosqichining ikkita markaziy uchrashuvi yakunlandi.

1 daqiqa o‘qish8 909 ko‘rishlar0 izoh5

UEFA Chempionlar Ligasining 1/4 final bosqichi dastlabki uchrashuvlari davom ettirildi.

“Barselona” — “Atletiko”

Kunning eng shiddatli o‘yinida Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘z maydonida Madridning “Atletiko” jamoasini qabul qildi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq mezbonlar to‘p nazorati va hujumkorlikka urg‘u berdi. “Matraschilar” esa o‘yinni asosan tezkor qarshi hujumlar bilan o‘tkazdi.

44-daqiqada “ko‘k-anorranglilar” himoyachisi Pau Kubarsi Juliano Simeonega nisbatan ishlatgan qo‘polligidan so‘ng qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 45-daqiqada Xulian Alvares belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etdi va hisobni ochdi.

Ikkinchi taymda “Barselona” to‘p nazorati bo‘yicha ustunlikka erishdi. Biroq 70-daqiqada Aleksandr Syorlot jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 14-aprel kuni Madrid shahridagi “Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi.

UEFA Chempionlar Ligasi

1/4 final, dastlabki uchrashuv

“Barselona” — “Atletiko” 0:2

Gollar: 0:1 — Alvares (45), 0:2 — Syorlot (70)

“PSJ” — “Liverpul”

Kunning yana bir bahsi Parij shahridagi “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Unda UEFA Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” klubi Angliyaning “Liverpul” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

O‘yin to‘liqligicha mezbonlar ustunligi ostida o‘tdi. Hisob 11-daqiqada parijliklar hujumchisi Desire Due tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limni ham “PSJ” faol o‘tkazdi. 65-daqiqada jamoa vingeri Xvicha Kvaratsxeliya ikkinchi golga mualliflik qildi

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 14-aprel kuni Liverpul shahridagi “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tadi.

UEFA Chempionlar Ligasi

1/4 final, dastlabki uchrashuv

“PSJ” — “Liverpul” 2:0

Gollar: 1:0 — Due (11), 2:0 — Kvaratsxeliya (65)

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar