Daryo

Abduqodir Husanov “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin — manba

Mankunianliklar futbolchining atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi

1 daqiqa o‘qish30 564 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Yunayted” safiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Scout in Eurasia nashri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” skautlari Husanovning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni yangi mavsumda jamoani kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumki, Husanov 2024-yilning qishki transferlar oynasida “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolagan edi. Biroq, u klubda doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Shu bois, futbolchining ijaraga berilishi ehtimoli ortgan.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” skautlaridan biri quyidagicha izoh bergan: “Men Husanovni kashf qilgan skautman. Markaziy Osiyo futboli salohiyati borasida ijobiy fikrdaman”.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2025-yil boshida “Manchester Siti”ga o‘tgandi. So‘nggi uch oy ichida u jamoa safida atigi bir uchrashuvda maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Angliyaning eng sovrindor klublaridan biri sanaladi. Klub hisobida 13 ta Angliya Premyer Ligasi chempionligi, 13 ta Angliya kubogi va 3 ta UEFA Chempionlar Ligasi g‘alabasi mavjud.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar