Daryo

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat pasayishni boshlaydi

5—6-iyulga ob-havo prognozi e’lon qilindi

1 daqiqa o‘qish13 137 ko‘rishlar0 izoh0

Dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi, biroq bu pasayish kamroq bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Prognozlarga ko‘ra, 4-iyul O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha harorat 34-39 darajagacha pasayishi seziladi.

6-iyul, yakshanba kuni harorat kunduzi 38-41 daraja atrofida, janubda 42-44 darajagacha bo‘ladi.

O‘zbekistonda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha, 5-iyulda respublikaning ayrim joylarida, 6-iyulda cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 5-iyulda 40-43 daraja, 6-iyulda 39-41 daraja bo‘ladi.

“O‘zgidromet” avvalgi prognozlarida 5-iyulda harorat 4-6 darajaga pasayishini, biroq iyul oyida salqin havoni kutmaslik kerakligini bildirgandi.  SSV va FVV  tomonidan taqdim etib borilayotgan jazirama kunlari amal qilinishi kerak bo‘lgan hamda issiq urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalarga amal qilishga chaqirgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar