• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyoda urush yuzaga kelsa, qayerda yashashdan qat’i nazar, u ko‘pchilikda qo‘rquv, qayg‘u, g‘azab va tashvish kabi his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradi. Quyida farzand bilan suhbatga qanday yondashish, uni qo‘llab-quvvatlash va tasalli berish bo‘yicha ba’zi maslahatlar berilgan.

    Foto: UNICEF
     
    Foto: UNICEF
    1. Ularning nimalarni bilishi va bu haqda qanday fikrga egaligini aniqlang

    Bu haqda suhbat qurish uchun to‘g‘ri joy va vaqt tanlang. Masalan, oilaviy ovqatlanish paytida farzandingiz o‘zini erkin his qiladi. Uxlashdan oldin bunday mavzularni ochmaslikka e’tibor bering. Farzandingizdan nimani bilishi va o‘zini qanday his qilayotganini so‘rash bilan suhbatni boshlasa bo‘ladi. Ba’zi bolalar dunyoda nima bo‘layotgani haqida kam ma’lumot bilishi yoki umuman bunga qiziqmasligi mumkin. Ammo jimgina tashvishlanadigan bolalar ham bor. Kichik yoshdagilar bilan rasm chizish, hikoyalar va boshqa mashg‘ulotlar muhokamani boshlashga yordam berishi mumkin.

    Bolalar yangiliklar bilan turli yo‘llar orqali tanishadi. Shuning uchun ularning ko‘rayotgan va eshitayotganlariga e’tiborli bo‘lish muhim. Ularning xavotirlarini e’tiborsiz qoldirmaslik lozim. Agar ular sizga “Biz hammamiz o‘lamizmi?” degan savol bersa, ularni bu holat sodir bo‘lmasligiga ishontiring.

    Foto: UNICEF
    Foto: UNICEF
    1. Suhbatni xotirjam va yoshga mos ravishda olib boring

    Bolalar dunyoda nima bo‘layotganini bilishga haqli. Kattalar esa ularni tashvishlardan himoya qilishga mas’uldir. Farzandingizni sizdan ko‘ra yaxshi biladigan inson yo‘q. Yoshga mos tildan foydalaning, ularning reaksiyalarini kuzating va xavotir darajasiga sezgir bo‘ling.

    Agar siz ham sodir bo‘layotgan voqealardan xafa bo‘lsangiz yoki tashvishlansangiz, bu normal holat. Ammo shuni yodda tutingki, bolalar hissiyotlari kattalarniki sabab yuzaga keladi va shakllanadi. Shuning uchun hech qanday qo‘rquvni bolangiz bilan haddan tashqari bo‘lishmaslikka harakat qiling. Xotirjam gapiring va yuz ifodasi kabi imo-ishoralaringizga e’tibor bering.

    Yodingizda bo‘lsin, har bir savolga javob topilmasligi ham mumkin. Nufuzli axborot tashkilotlari, jumladan UNICEF va BMT kabi xalqaro tashkilotlarning veb-saytlaridan foydalaning. Internetdagi ba’zi ma’lumotlar aniq emasligini va ishonchli manbalarni topish muhimligini ularga tushuntiring.

    1. Ularga hamdardlik ulashing

    Urushlar ko‘pincha xalqqa yoki mamlakatga nisbatan noto‘g‘ri tushuncha va kamsitishni keltirib chiqarishi mumkin. Farzandlaringiz bilan gaplashganda, “yomon odamlar” yoki “yovuzlik” kabi iboralardan qoching. Ularga har bir kishi jamiyatda xavfsiz bo‘lishga loyiq ekanini tushuntiring. Bezorilik va kamsitish har doim noto‘g‘ri va biz har birimiz bir-birimizga mehr-oqibat ulashishimiz lozimligini uqtiring.

    1. Yordamga alohida e’tibor qarating

    Bolalar uchun odamlar bir-biriga jasorat va mehribonlik bilan yordam berayotganini bilish muhim. Farzandingiz yordam berish harakatlarida ishtirok etishni xohlash-xohlamasligini tekshiring. Ehtimol ular rasm chizishi yoki mavzu doirasida she’r yozishi mumkin.

    1. Suhbatni ehtiyotkorlik bilan tugating

    Suhbatingizni tugatar ekansiz, bolangizni tashvishli holatda qoldirmayotganingizga ishonch hosil qiling. Uning bezovtalik darajasini tana harakatlarini kuzatish orqali baholang. U odatdagi ovoz ohangini qo‘llayaptimi yoki yo‘qligini hamda nafas olishini yaxshilab kuzating. Ularga qayg‘urayotganingizni, xavotirga tushganda ularni tinglash va qo‘llab-quvvatlash uchun tayyor ekaningizni bildiring.

    Foto: UNICEF
    Foto: UNICEF
    1. Tekshirishda davom eting

    Urush haqidagi xabarlar davom etar ekan, farzandingizning ahvolidan xabar olishda davom etishingiz kerak. Ular o‘zlarini qanday his qilmoqda? Ularning qanday savollari bor? Agar bolangiz sodir bo‘layotgan voqealardan xavotirda yoki tashvishda bo‘lsa, uning xatti-harakatlari yoki his-tuyg‘ularidagi har qanday o‘zgarishlarni, masalan, oshqozon, bosh og‘rig‘i, qo‘rqinchli tushlar bor-yo‘qligini kuzatib boring.

    Bolalar hodisalarga turlicha munosabatda bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalar odatdagidan ko‘ra injiqroq bo‘lib qolishi mumkin. O‘smirlar esa kuchli qayg‘u yoki g‘azabni namoyon qilishi mumkin. Bu holatlarning ko‘pchiligi faqat qisqa vaqt davom etadi va stressli hodisalarga normal reaksiya hisoblanadi.

    1. Yangiliklarni cheklang

    Xavotirli sarlavhalar va tushkunlikka soluvchi tasvirlar bilan to‘la bo‘lgan yangiliklardan farzandlaringiz qanchalik xabardor ekaniga e’tibor bering. Shuningdek, agar ular yangiliklarni eshitish masofasida bo‘lsa, mavzu haqida boshqa kattalar bilan qanday gaplashayotganingizga ham e’tibor qarating. Iloji boricha, ular bilan o‘yin o‘ynash yoki birga sayr qilishga harakat qiling.

    1. O‘zingizni ehtiyot qiling

    Agar buni uddalay olsangiz, farzandlaringizga yaxshiroq yordam bera olasiz. Bolalar yangiliklarga bo‘lgan munosabatingizdan ta’sirlanadi. Shuning uchun ularga xotirjam ko‘rinishga harakat qiling.

    Foto: UNICEF
    Foto: UNICEF

    Agar bezovta yoki xafa bo‘lsangiz, o‘zingizga vaqt ajrating, masalan do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling. Yangiliklarni qanday qabul qilayotganingizga e’tibor bering: doimiy ravishda onlayn bo‘lishdan ko‘ra, kun davomida ma’lum vaqt ajratib qo‘yganingiz ma’qul. Imkoni boricha, dam olish va tiklanishga yordam beradigan faoliyat bilan shug‘ullaning.

    3 iyul, 23:35   Izoh (0)   666
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #UNICEF#bolalar#bolalar bilan suhbat#urush#qanday suhbatlashish lozim

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda yangi muvaqqat bosh vazir tayinlandi

    Dunyo | 4 iyul, 12:12

    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi

    Reklama | 4 iyul, 12:00

    Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 11:59

    Mashhur meksikalik bokschi AQSHda qo‘lga olindi

    Sport | 4 iyul, 11:55

    Gitler haqidagi qo‘shiq tufayli Kanye Uestga Avstraliyaga kirish taqiqlandi

    Musiqa | 4 iyul, 11:51

    Gollivud aktyori Maykl Medsen vafot etdi

    Kino | 4 iyul, 11:34

    Tramp migrantlarga AQSH fermalarida qolishga ruxsat berishini aytdi

    Dunyo | 4 iyul, 11:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.