Bir vaqtlar dunyo bo‘ylab tanilgan bokschi, millionlab dollarlar sohibi bo‘lgan Mayk Tayson hayotida ko‘plab burilishlar yuz berdi. Uning boyligi deyarli 700 million dollarga baholangan edi, biroq u hamma pullarini ko‘kka sovurdi va 2003-yilda o‘zini bankrot deb e’lon qildi.

Tayson juda ko‘p pulni hashamatli uylar, avtomobillar, yaxtalar, mototsikllar, bengal yo‘lbarslari va ularning murabbiylari, qimmatbaho taqinchoqlar hamda ziyofatlarga sarflagan. Shuningdek, uning hayotida zo‘rlash bo‘yicha sud ishi bo‘lib o‘tgan va u advokatlarga 100 million dollar atrofida to‘lagan.
2020-yilda Mayk Tayson 15 yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytdi. Bu orqali u yana biroz daromad topmoqchi edi. U o‘sha yili besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo‘lgan Roy Jons Jr.ga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazdi. Jang sakkiz raund davom etdi va durang bilan yakunlandi. Tayson bu jang uchun kafolatlangan 10 million dollar daromad oldi, yana shuncha miqdorni translyatsiya huquqlaridan topdi.
2024-yilda amerikalik bloger va bokschi Jeyk Pol bilan yana bir ko‘rgazmali jang rejalashtirilgan edi. Biroq Taysonda sog‘liq muammolari yuzaga kelgani sababli jang sanasi ko‘chirildi. Bokschilar o‘rtasida 30 yosh farq bor. Mayk Tayson esa jangda yutqazdi.
Tayson boshqa bokschilar janglarini ham tashkil qiladi. 2013-yilda u Iron Mike Promotions nomli promouterlik kompaniyasini tashkil etgan bo‘lib, u professional boks janglarini o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

Izoh (0)