Daryo

O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 600 so‘mdan tushdi

Yevro va rubl ham pastladi

1 daqiqa o‘qish19 877 ko‘rishlar0 izoh0

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

  • dollar 84,40 so‘mga pastlab, 12 591,71 so‘m bo‘ldi;
  • yevro 153,86 so‘mga tushib, 14 821,70 so‘m bo‘ldi;
  • rubl 1,38 so‘mga pastlab, 160,18 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi besh kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 676,11 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursi so‘nggi marta 20-iyunda 12 600 so‘mdan pastlagandi.

17-iyundan boshlab dollar kursi ketma-ket bir necha kun pastlab borgandi. 24-iyunda ushbu valyuta rasmiy kursi 12 410,99 so‘mni tashkil etdi. Ayrim iqtisodchilar dollarning bunday keskin pastlaganini valyuta mustahkamlanishi emas, dollar global miqyosda qadrsizlanishi ekanini aytdi. Jumladan, Yuliy Yusupov bu holatni so‘m mustahkamlanishi sifatida baholash noto‘g‘ri ekanini, chunki bunda so‘m qadri ortmayotgani, balki dollarning xalqaro miqyosda zaiflashuvi kuzatilayotganini bildirdi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar