Daryo

Isroil blokadasi tufayli G‘azoda kasalliklar avj olgan — BMT

Hududda yoqilg‘i, tibbiy buyumlar va suvga ehtiyoj kuchliligi ta’kidlanmoqda

1 daqiqa o‘qish3 832 ko‘rishlar0 izoh0

BMT Insonparvarlik agentligi (OCHA) G‘azoda kasalliklar ko‘payib borayotgani, o‘ta zarur dori-darmon va toza suv yo‘qligi sababli tinch aholi halok bo‘layotganini ta’kidladi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: LBS International

So‘nggi ikki hafta ichida 19 mingdan ortiq o‘tkir diareya holatlari, shuningdek, 200 dan ortiq o‘tkir sariqlik sindromi va qonli diareya holatlari qayd etilgan.

“Ushbu epidemiyalar G‘azoda toza suv va sanitariya yo‘qligi bilan bevosita bog‘liq. Sog‘liqni saqlash tizimining yanada barbod bo‘lishini oldini olish uchun yoqilg‘i, tibbiy buyumlar, suv, sanitariya-gigiyena vositalariga ehtiyoj juda katta”, deyiladi BMT bayonotida.

Isroilning G‘azoga yoqilg‘i kirishini blokirovka qilishi hududdagi ayrim zavodlarini va suv tizimini inqirozga duchor qilgan. Isroil harbiylari G‘azoning katta qismini vayron qilib, hududning deyarli butun aholisini ko‘chishga majbur qilgan. Og‘ir gumanitar sharoitlardan tashqari, Isroil harbiylari har kuni G‘azoda o‘nlab falastinliklarni o‘ldirishda davom etmoqda. Yetakchi huquqni himoya qilish guruhlari va BMT ekspertlari Isroilning G‘azodagi harakatlarini “genotsid” deb atamoqda.

OCHA 26-iyun kuni G‘azo markazidagi Dayr-al-Balahga berilgan zarbadan so‘ng 20 dan ortiq odam halok bo‘lgani va yana 70 ga yaqin kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan. Shu kuni Isroil hujumlari oqibatida G‘azo bo‘ylab kamida 70 kishi halok bo‘lgan.

UNICEF 19-iyun kuni G‘azodagi suv tizimlarining antropogen tarzda ishdan chiqishi hududda sun’iy qurg‘oqchilikni keltirib chiqarganini ma’lum qilgan edi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar